Gunohdan kelib turadigan ulush
Assalomu alaykum! Bir odamga bir gunox ishni o‘rgatsa o‘sha o‘rgatgani uchun gunox yoziladimi yoki o‘sha o‘rgatgan gunoxini xar qilganida teng baravar yozilaveradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Har qilganida teng barobar yoziladi. Shuning uchun zinoga chorlaganlar ergashgan zinodan qaytgunicha zinoga sherik bo‘lib qolaveradi. وَقَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَا تُقْتَلُ نَفْسٌ ظُلْمًا إِلَّا كَانَ عَلَى ابْنِ آدَمَ الْأَوَّلِ كِفْلٌ مِنْ دَمِهَا». وَذَلِكَ لِأَنَّهُ أَوَّلُ مَنْ سَنَّ الْقَتْلَ Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Biron jon zulm ila o‘ldirilsa, uning qonidan Odamning birinchi bolasiga albatta ulush bor*», chunki qatlni birinchi bo‘lib u joriy qilgan».
* «Odamning birinchi bolasi» deyilganda Odam alayhissalomning to‘ng‘ich o‘g‘li nazarda tutiladi. U o‘z inisini hasad qilib o‘ldirgan. Manbalarda uning ismi Qobil, ukasining ismi Hobil bo‘lgani aytiladi. U bu ishni, ya’ni qotillikni insoniyat tarixida birinchi bo‘lib boshlab bergan. Shuning uchun mazkur ishni qilgan har bir kishiga Qobil sherik sanaladi va gunohiga sherik bo‘ladi, birga azoblanadi.
Badruddin al-Ayniy. Umdatul qoriy. – J. 6. – Bayrut: Dorul fikr, 2005. – B. 98. ("Oltin silsila" kitobidan "Sahihul Buxoriy").
Bu umumiy qoida bo‘lib, kim o‘zidan boshqani qanday yaxshi ishga boshlasa undan nasibador bo‘laveradi. Yomon ishga boshlasa undan ham nasibasini olib turadi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:45 | Savol-javoblar | 147 | Administrator