Taloq berilmasa ham nikoh buziladimi

Assalomu alaykum! Xotinim bilan 1.5 yil yashadik, keyin oilamdagilar bilan chiqisholmay janjallashib onasini uyiga ketdi, kel birsha yashaylik deb ko‘p marotaba aytishimga qaramasdan u ota onam rozi bo‘lmayapti deb kelmadi, shunday qilib bir yildan oshiq yurdik, shu vaqt oralig‘ida ko‘rishib qo‘shilib ham turdik, oxirgi vaqtlarda ko‘rishib gaplashishga imkon bo‘lmay 5-6 oycha vaqt o‘tdi, shu vaqt oralig‘ida ota onasi uni turmushga berib yuborgan, otasiga talog‘ini bermay nega turmushga uzatasiz desam sizlarni nikohingizga olti oydan o‘tgani uchun buzilib bo‘lgan dedi, shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu noto‘g‘ri, keyingi nikohi bog‘lanmagan. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:45 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar