Tafsir
Hurmatli Ustoz, Rossiya davlatida ishlayotgan ayrim birodarlardan savollar tushmoqda. O‘zingizga ma’lum Rossiyada sizning kitoblaringizni topish ancha qiyin ish. Shuning uchun, Rossiyada ishlayotgan birodarlar ilmni qaysi kitobdan olishni bilmasdan qiynalishmoqda ekan. Ularning aytishicha hozir Rossiyada Elmir Kuliev degan azarbayjonlik mufassirning tafsiri mashxur ekan. E’zozli Ustoz, yuqorida qayd etilgan kishining tafsirlaridan ilm olsa bo‘ladimi?Sizdan kamina shogirdingizning haqqiga duo qilishingizni so‘rab qolaman. Alloh taboraka va taologa duo qiling Ustoz, bu ojiz bandasiga solih va solih farzandlar bersin. Amiyn.Alloh subhanahu va taolo sizdan rozi bo‘lsin. Amiyn.Hurmat va ehtirom ila Alloh taoloning faqir bir quli shogirdingiz Abdurrohman al-Miyonkoliy.Shayx Muhammad SodiqShayx xazratlari Javob - Siz aytgan odamning kitobi tafsir emas, ma’nolar tarjimasi. Undan bir narsani tushunish qiyin. Biz ham rossiyada “Hilol” nomli nishriyot ochdik. Kitoblarimizni rus tilida chiqarishni boshladik. Hozir “Iymon, Islom, Qur’on” va “Vasatiya hayot yo‘li” degan kitoblarimiz chiqdi. Odamlarolib o‘qib fodalanishmoqda. Sizlar ham olishingiz mumkin. Kadrli ustoz, yukorida berilgan savolga kushimcha kilmokchi edim. Abd ur-Roxman bin Nasir as-Sa’diyning kur’on tafsirini Elmir Kuliev tarjima kilgan ekan. Shu tafsirdan foydalansa buladimi?Javob uchun tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sizlarga ma’lum qilamizki, bizning kitoblarimiz ham Toshkent va Moskvada rus tilida nashr qilina boshladi. Tafsir ham, boshqalari ham chop etiladi, inshaalloh. Sizlarni quyidagi manzilga murojaat qilishga chaqiramiz. [email protected] +79265565631
3 May 2022, 08:30 | Savol-javoblar | 163 | Qur’oni karim