O‘qituvchini g‘iybat qilishmi bu?
Assalomu alaykum! Bir ayol oliygoxda biokimyo fanidan dars beradi. Juda xaddidan oshgan ayol. Pora oladi, talabalarni doim imtixonlardan yiqitadi. Do‘stim u ayolni dars vaqtida mash-masha qilib baqirib-chaqirib talabalarni urishayotganini audioga yozib bunday insonlarni tarbiyalash uchun internetga qo‘ygan edi. Keyin u ayolni oliygoxdagi barcha tanib qolibdi. Do‘stim uchun gunox yoziladimi? Do‘stim internetga qo‘yganda u ayolni ismini, kim ekanligini yozmagan. Faqat qaerda ishlashini ko‘rsatgan. U ayolni ishlaydigan oliygoxdagilar uni g‘iybat qilsa do‘stimga gunox yoziladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Avvalo unga nasihat qilish, “aks holda barchaga aybingizni oshkor qilamiz” deyish kerak edi. Shunda u haqiqiy nasihat hisoblanar edi. Hozirgi ishi uni sharmanda qilish bo‘libdi. Aslida, bir inson gunohda davom etaversa qaraladi, gunoh faqat o‘ziga tegishli bo‘lib masalan aroq ichish, namoz o‘qimaslik kabi bo‘lsa o‘zgalarga izhor qilishga hojat yo‘q. Zarari o‘zidan tashqari boshqalarga ham tegadigan bo‘lsa jamiyatni undan ogohlatiriladi. Uni zararidan tiyishga harakat qilish kerak. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:45 | Savol-javoblar | 135 | Aqiyda