Ribomi yoki

BISMILLAXIR ROXMANIR ROXIYMAssalamu alaykum va roxmatulloxi va barokatux xurmatli Ustoz Shayx xazratlari !!!Sizga bir masala buyicha savolim bor.Bir ayol karindoshim bor eri vafot etgan, eridan kolgan daromadi bor lekin umuman tijoratni tushunmaydi,bir tanishimiz kelib :" Sizga xam kiyin buldi tushunaman, usha pullaringizni menga bering men uz tijoratimga kushib sizga xar oy shuncha-shuncha ulush beraman,agar tijoratim yurishmasa sizga pulingizni kaytarib beraman " deb aytdi va xozirda shu ayolga xar oyi ulush berib turibdi. Ustoz bu RIBOga kiradimi!? Javobingiz uchun oldindan katta raxmat!!!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ribo emas, ammo noto‘g‘ri. Ular guvohlar oldida yozma shartnoma tuzsinlar. Unda ayol pulini savdogarga muzoraba muomasiga beradi. Savdogar alohida hisob qilib boradi. Tushgan foydani bo‘lib olishga kelishiladi. Tengmi yoki boshqachami o‘zlari kelishadilar. Kelishilgan muddatda hisob qilib ayolning foydadagi haqqini berib turadi.

5 May 2022, 02:13 | Savol-javoblar | 140 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar