Farishta va shayton

Assalomu alaykum! Men shu saytdagi bir savolga javobda o‘qigan edimki, insonga farishtaning ham, shaytonning ham limmasi bo‘lar ekan. Menda ham miyamda xuddi ikkita ovoz borday, bir yaxshilikka buyuradi va boshqasi yomonlikni istab turadi. Ba’zan unisi ba’zan bunisi g‘olib keladi. 1) Shu ovozlar farishta va shaytonning ovozlarimi? 2) Agar shunday bo‘lsa, Alloh taolo har bir odamga yordamchi farishta tayin qilganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Hadisda shaytonning ovozi, vasvasasi ekanligi ochiq-oydin aytilib turibdiku. 2). Inson ulardan himoyalanishi uchun Qur’on o‘qish va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tongda va tunda o‘qigan duolarini vazifa qilib olish kerak. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:48 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar