Cho‘chqadan nafratlanish

Assalomu alaykum! Rus millatiga mansub bir tanishim: - "Nima uchun sizlarni diningizda xarom kilingan narsalar ko‘p, lekin cho‘chqadan alohida bir nafrat darajasida turadi? Insonga, cho‘chqadan tashqari ko‘p hayvonlar harom kilingan va cho‘chqa go‘shti iste’molidan zarari ko‘proq boshqa mahsulotlar bor. Aksiga olib o‘sha mahsulotlarni ko‘p musulmonlar nafrat qilmasdan, bemalol eb-ichib yuradilar. Cho‘chqa uni iste’molidan tashqari insonga zarari tegmaydigan hayvondan nafratlanish qanchalar to‘g‘ri?" - deb so‘radi. Cho‘chqaga alohida bir nafrat darajasida e’tiborimiz berishimiz kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bir narsani Robbimiz-Ma’budimiz-Hakiym Zot Alloh taolo “Rijsun” nopok deb aytgan.  Aslida musulmon boshqa harom qilingan narsalardan ham tiyilishi kerak. Tabiati buzilib, yaxshi bilan yomonni ajratolmay qolganlari yoki ajratsada nafsining kuyiga kirganlari bu kabi narsalarni eb-ichishadi. Insonning tabiati loyqalanib qolsa shu kabi narsalarni ajratolmay qoladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:48 | Savol-javoblar | 169 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar