Qiroat qilmasdan o‘qilgan namozlarni qazosini o‘qish kerakmi?

Assalomu alaykum! Men saytingiz orqali bilmagunimcha va hatto hozir ham ayrim hollarda og‘zimni yumib namoz o‘qiyman. Lekin peshin va asrdachi? Ularda ham o‘zi eshitadigan qiroat bo‘lishi kerakmi?  Endi shuncha o‘qigan namozlarim qazo bo‘lganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ularda ham o‘zi eshitadigan qiroat bo‘lishi shart. Shariatimizda qiroatni farzi o‘zi eshitadigan darajada bo‘lishdir. Agar u narsa topilmagan bo‘lsa namozni bitta farzi topilmagan bo‘lib, qayta o‘qish shart bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:14 | Savol-javoblar | 167 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar