Duo ijobat bo‘lishiga umid qilsam bo‘ladimi
Assalomu alaykum! Namoz o‘qimayman gunohlarim ham ko‘p. Otam qattiq dardga chalinganlar. Tibbiyot xodimlarining xulosasiga ko‘ra 1 yil yoki 1,5 yil umrlari qolgan deyishmoqda. O‘zim ichki ishlar tizimida xizmat qilaman. Otam uchun ishdan qaytgan vaqtlarim ertalabgacha duo qilib chiqsam Alloh duolarimni qabul qilishiga umid qilsam bo‘ladimi? Otamning sog‘ayib ketishlari uchun tinmay duo qilsam otam sog‘ayib ketishlariga umid qilsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh taolo sizga necha ishni farz va vojib qilgan. Allohning rahmati keng, berish yoki bermaslik Allohning ixtiyorida. Biz Allohning rahmatini cheklay ham olmaymiz, yo‘naltira ham olmaymiz. Shu duolarga namozni ham qo‘shib qo‘ying. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:49 | Savol-javoblar | 144 | Duolar