Horijda ipoteka masalasi
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar. Biz mana 10 yildan beri Amerika davlatida yashab kelyapmiz. Bu erda uy juda qimmat. Bolalar soni ko‘payganiga qarab ko‘p honaga almashtirish majburiy. Yaqinda yana ko‘payish arafasidamiz. Ho‘jayinim ishlaydilar. Daromadlari etish tugul qarzga ham kirib qolyapmiz. Ya’ni agar 3 4 kun bir sabab bilan ishlamasalar minusga kirib ketamiz. Shunga ipotekaga uy olish masalasi chiqib qoldi. Davlat kam ta’minlangan oilalarga boshlang‘ich to‘lovini oz miqdorda to‘latib. Keyin uyni narxini 30 yilga yoki 15 yilga bir xil narxda bo‘lib yuboradi. Afzalliklari bu uyda o‘zingiz ho‘jayinsiz, bolalar uchun ko‘p hona ammo to‘lovi arzon, kasallik tufayli ishga chiqmay qolsangiz minusga kirib ketmaysiz va uydan chiqarib yuborish havfi yoq.Agar vaqtida to‘lov amalga oshmasa o‘rtada turgan sug‘urta kompaniyasi jarima pulini to‘lab berar ekan o‘sha bankga.Vaqt o‘tib uyni o‘zgartirmqochi bo‘lsangiz sotish huquqiga ham ega bo‘lar ekansiz. O‘sha vaqtgacha to‘lagan pullaringizni chiqarib sotib boshqa uyga almashtirsa ham bo‘lar ekan. Bunday sistema joizmi? Ammo bu erdagi aksariyat ulamolar mumkin emas deb fatvo berishgan. Endi men bilmayman ular qaysi mazhabda. Uyimizni almashtirish arafasida turibmiz. Shunga agar joiz bo‘lsa shunga harakat qilib ko‘rmoqchi edik bo‘lmasa yana Alloh quvvat bersin bizga.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Turgan joyingizdagi muftiylarga murojaat qiling. Biz surishtirganimizda quyidagicha ma’lumot keldi. “Davlat emas, bank. To‘lov qilolmasangiz sug‘urta to‘lab turar, lekin shartnomaga muvofiq 3 yoki 4 oydan oshsa uyni bank olib qo‘yib birja(Auktsion)ga chiqarmb yuboradi. Zararga sotishsa o‘rtadagi farqni uy olganning zimmasiga qo‘yadi, kredit tarixi tamom bo‘ladi, qaytib kreditga hech narsa ololmaydi. Vaqt kelib uyni o‘zgartirsa farqini yana kreditga qo‘shib qo‘yadi va oylik to‘lov oshirishib qo‘yadi”. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 23:50 | Savol-javoblar | 141 | Moliya va tijorat