Do‘stlar davrasi

Assalomu alaykum! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni kim qaysi qavimni yoqtirsa u o‘shalar bilandir degan so‘zlari bor. Savolim shuki men bir vaqtlar do‘stlarim bilan yig‘ilishib mast qilivchi ichimlikllar ichardim. Allohga shukur xozirgi paytda to‘g‘ri yo‘lni tanlab bunaqa xarom ishlardan uzoqlashganman, lekin do‘stlarim haligacha yig‘ilishib turadi. Ularga qarab men ham ular bilan birga o‘tirishni ich ichimdan xoxlayman, lekin Alloh xarom qilgan ishni qilmaslik uchun o‘zimni ulardan uzoq tutaman. Men ular bilan birga o‘tirishni istashim bilan gunoxkor bo‘lib qolmayabmanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Gunohkor bo‘lmaysiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:51 | Savol-javoblar | 142 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar