“Ixlos” surasini o‘qish
Assalomu alaykum uztozlar! “Ixlos” surasini 3 marta o‘qish bilan Qur’oni Karimni xatm qilgan bo‘ladimi yoki xatm qilganning savobiga teng savob oladimi? Ko‘pchilik 3marta shu surani o‘qib, “Qur’on xatm” bo‘ldi deyishadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=26040.0عَنْ أَبِي الدَّرْدَاءِ عَنْ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ : أَيَعْجِزُ أَحَدُكُمْ أَنْ يَقْرَأَ فِي لَيْلَةٍ ثُلُثَ الْقُرْآنِ ؟ قَالُوا : وَكَيْفَ يَقْرَأْ ثُلُثَ الْقُرْآنِ . قَالَ : قُلْ هُوَ اللَّهُ أَحَدٌ تَعْدِلُ ثُلُثَ الْقُرْآنِAbu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : Nabiy sollallohu alayhi vasallam :Brortangiz bir kechada Qur’onni uchdan birini qiroat qilishdan ojizlik qiladimi.Sahobalar : Qanday qilib Qur’onni uchdan birini o‘qiy oladi – dedilar.U zot : “Qul hu vallohu ahad” Qur’onni uchdan biriga to‘g‘ri keladi dedilar.Alloh taolo bu ummatning umrini qisqa qilgani evaziga O‘z fazli karami bilan ozgina amallariga ulkan ajrlar berishini va’da qildi. Qadr kechasida qoim bo‘lganlarga, ming oy qoim bo‘lganlarning savobini, besh vaqt namoz o‘qiganga, ellik vaqt namoz o‘qiganning savobini, Ramazon bilan birga Shavvolning olti kun ro‘zasini tutganga, yil bo‘yi ro‘za tutganning savobini, Ramazon oyida bir farzni ado qilganga etmishta farzni ado qilganning savobini, bir naflni ado qilganga bir farzni ado qilganning savobini, ixlos ila qilingan bir yaxshilik evaziga o‘ndan etti yuz barobargacha hasanot berishi, Haramning ichida ikki rak’at namoz o‘qigan odamga yuz ming rak’atning savobini va’da qildi. “Ixlos” surasi Qur’oni Karimning uchdan biriga teng kelishi ham Alloh taoloning fazllaridan biridir. Lekin uni uch marotaba o‘qigan odam Qur’oni Karimni to‘liq xatm qilgan odamning darajasida bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.
1 May 2022, 07:22 | Savol-javoblar | 160 | Namoz