Qibla xato ekan
Assalomu alaykum! Hurmatli ilm ahli, men hozirda Rossiyaning Moskva shaxrida ishlayman. Men ishlaydigan zavodda Alhamdulillah jamoat to‘planib besh vaqt namoz o‘qiladi. Birinchi kelganimda (2018-yil avgust) jamoatga ergashib o‘qiyverdim, keyinchalik qibla tamon borasida shubha paydo bo‘ldi va tekshirdim. Biz 65 gradusga xato qilayotgan ekanmiz (geografiyadan bilimim juda yaxshi). Bu erdagi yoshi kattalarga aytsam uzoq vaqt yoshligimni hisobga olib parvo qilishmadi. Men iloji yo‘q imomga iqtido qilganimda noto‘g‘ri tomonga, o‘zim alohida o‘qigan paytlar to‘g‘ri tomonga qarab o‘qib yurdim. Yaqindagina biz kanikulga chiqdik, mavzuni yotoqxonada yana ochdim va xonadoshlarimni qiblaga to‘g‘ri yuzlantirishga erishdim, lekin 14-yanvarda ish boshlansa gapimga asosan qarshilik qilganlar bilan birga o‘qishni boshlaymiz shunda yana eski holga qaytishlari ehtimoli katta. Savol oldingi jamoatga qo‘shilib o‘qigan namozlarim nima bo‘ladi? 2). Jamoat yana noto‘g‘ri tomonga yuzlansa ulardan ajraymi yoki nima qilay? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz ular bilan birga o‘qimang. Vallohu a’lam!Quyidagi javobni ularga ko‘rsating.
https://savollar.islom.uz/s/34960
25 May 2022, 23:54 | Savol-javoblar | 153 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz ular bilan birga o‘qimang. Vallohu a’lam!Quyidagi javobni ularga ko‘rsating.
https://savollar.islom.uz/s/34960
25 May 2022, 23:54 | Savol-javoblar | 153 | Namoz