Hadisning sahihligi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men bir hadis eshitgandim shuni sahihligini bilmayapman shu masalada yordam berib yuboringlar. "Muslim ibn Horis Tamimiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rosululloh sollallohu alayhi vassallam menga shivirlab, Shom namozini o‘qib bo‘lsang, "Allohumma, ajirnii minan naar" (Allohim, meni do‘zaxdan qutqar) deb etti marta ayt. Shuni aytgan kechangda vafot etsang, senga do‘zaxdan omonlik yoziladi. Buni bomdod namozida aytsang va shu kuni vafot etsang, senga do‘zaxdan omonlik yoziladi dedilar. Abu Dovud rivoyat qilgan."
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Amal qilinadigan darajadagi hadis. عَنْ مُسْلِمِ بْنِ الْحَارِثِ التَّمِيمِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: أَسَرَّ إِلَيَّ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: إِذَا انْصَرَفْتَ مِنْ صَلَاةِ الْمَغْرِبِ فَقُلِ اللَّهُمَّ أَجِرْنِي مِنَ النَّارِ، سَبْعَ مَرَّاتٍ، فَإِنَّكَ إِذَا قُلْتَ ذَلِكَ ثُمَّ مُتَّ فِي لَيْلَتِكَ كُتِبَ لَكَ جِوَارٌ مِنْهَا، وَإِذَا صَلَّيْتَ الصُّبْحَ فَقُلْ كَذَلِكَ، فَإِنَّكَ إِنْ مُتَّ فِي يَوْمِكَ كُتِبَ لَكَ جِوَارٌ مِنْهَا Muslim ibn al-Horis at-Tamimiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga maxfiy ravishda:
«Shom namozini o‘qib bo‘lganingdan keyin etti marta «Allohumma! Ajirnii minan-naar» deb aytgin. Agar sen o‘shani aytsang-u, shu kechada o‘lsang, senga undan saqlanish yoziladi. Bomdodni o‘qib bo‘lganingda ham o‘shani aytgin. Agar shu kunda o‘lsang, senga undan saqlanish yoziladi», dedilar».
Sharh: 
«Allohumma! ajirnii minan-naar»ning ma’nosi «Allohim, meni do‘zaxdan saqlagin» deganidir.
«Senga undan saqlanish yoziladi» degani «do‘zaxdan saqlanish yoziladi», deganidir. Bu duoni o‘qish diyorimizda ko‘pchilik zokirlar tomonidan yo‘lga qo‘yilgan. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:51 | Savol-javoblar | 138 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar