Jannatga kirish xakida

Assalomu alaykum! Jannatga kirgan bir kishi do‘zoxdagi do‘stini chaqirib olsa bo‘ladi degan gapni eshtdim. Shu gap rostmi? Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Allohning yo‘lida do‘st bo‘lgan va bir birlariga muhabbat qilganlar qiyomat kuni bir birlariga shafoat qilishlari hadislarda kelgan. Ibn An-Najjor o‘zlarining “Tarix” kitoblarida Anas roziyallohu anhudan quyidagi hadisni rivoyat qilgan: “Birodarlarni ko‘paytiringlar, chunki qiyomat kuni har bir mo‘min uchun shafoat qilishlik beriladi” deganlar. (Fayzul qodir, sharhi al-Jome’ alayhissalom-Sag‘ir” kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:59 | Savol-javoblar | 163 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar