Suniy archa daraxti

Assalomu alaykum! Suniy archa daraxtlarini chet davlatlardan olib kelib sotsa bo‘ladimi? Bu daraxtar yangi yil arafasida sotiladi, shu tijorat xalolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Allohning sifatlari ikki qismga bo‘linadi. Biri jalol sifatlari bo‘lsa yana biri jamol sifatlaridir. Razzoq, Tavvob, Rohmaan, Rohiymlar jamol sifatlari hisoblanadi. Shuningdek Alloh taoloning Qahhor, Mudill, Doorr, Jabbor, Al-Muntaqim sifatlari esa jalol sifatlari hisoblanadi. Dunyodagi barcha borliq Allohni shu ikki turli sifatlarining na’munasidir. Ona o‘z tuqqan bolasini har qanday holatda ham yonib turgan olovga tashlamasligi aniq. Alloh taolo onadan benihoya rahmli Zotdir. Bu Alloh taoloning jamol sifatlaridan Rohiym sifatidir. Sher o‘z o‘ljasini ko‘rganida rahm qilib o‘tirmasdan uni nimtalab tashlaydi. Bu uning qahr sifatidir. Alloh taoloning sifatlaridan biri Qahhordir, ya’ni qahrining ham cheki yo‘q deganidir. Alloh qahr qilganida abadiy do‘zaxga uloqtiradi va ularni abadiy o‘sha erda qolib ketishiga parvo ham qilmaydi. Musulmon kishi farosatli bo‘ladi, nima qilish yoki qilmaslikni farosati bilan bilib oladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:59 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar