Namoz o‘qimasdan, lekin doim yaxshilik qilgan jannatga tushadimi?

Assalomu alaykum! Mening bir do‘stim bor. U xar kuni zakotlar va savob ishlar qiladi ammo nomoz o‘g‘imaydi. Shunday namoz o‘qimasada jannatga kirish mumkunmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Allohdan so‘rab duo qiling, qolgan ibodatldarga ham ahamiyat beradigan bo‘lsin. Siz qo‘lingizda kelganicha ularga tushuntiring.  عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ أَوَّلَ مَا يُحَاسَبُ النَّاسُ بِهِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ مِنْ أَعْمَالِهِمُ الصَّلَاةُ، يَقُولُ رَبُّنَا عَزَّ وَجَلَّ لِمَلَائِكَتِهِ: - وَهُوَ أَعْلَمُ - انْظُرُوا فِي صَلَاةِ عَبْدِي أَتَمَّهَا أَمْ نَقَصَهَا، فَإِنْ كَانَتْ تَامَّةً كُتِبَتْ لَهُ تَامَّةً، وَإِنْ كَانَ انْتَقَصَ مِنْهَا شَيْئًا قَالَ انْظُرُوا هَلْ لِعَبْدِي مِنْ تَطَوُّعٍ؟ فَإِنْ كَانَ لَهُ تَطَوُّعٌ قَالَ أَتِمُّوا لِعَبْدِي فَرِيضَتَهُ مِنْ تَطَوُّعِهِ، ثُمَّ الزَّكَاةُ مِثْلُ ذَلِكَ، ثُمَّ تُؤْخَذُ الْأَعْمَالُ عَلَى حَسَبِ ذَلِكَ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ. وَلَفْظُهُ: إِنَّ أَوَّلَ مَا يُحَاسَبُ بِهِ الْعَبْدُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ مِنْ عَمَلِهِ صَلَاتُهُ، فَإِنْ صَلَحَتْ فَقَدْ أَفْلَحَ وَأَنْجَحَ، وَإِنْ فَسَدَتْ فَقَدْ خَابَ وَخَسِرَ، فَإِنِ انْتَقَصَ مِنْ فَرِيضَتِهِ شَيْئًا قَالَ الرَّبُّ عَزَّ وَجَلَّ أَتِمُّوا فَرِيضَتَهُ مِنْ تَطَوُّعِهِ  Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Odamlarning qiyomat kuni eng avval hisob-kitob qilinadigan amallari namozdir. Alloh azza va jalla O‘zi bilib tursa ham, farishtalarga:
«Bandamning namoziga nazar solinglar. Uni tugal qildimikan yoki noqis qildimikan?» deydi. Bas, agar (namozi) tugal bo‘lsa, unga (namozi) tugal, deb yoziladi. Agar u 
(namoz)dan biror narsa kamaygan bo‘lsa, U zot:
«Nazar solinglar, bandamning nafli bormikan?» deydi. Bas, agar nafli bo‘lsa, «Bandamning nafl (namoz)idan farzini tugal qilinglar», deydi.
So‘ngra zakot ham shunga o‘xshash bo‘ladi. Keyin hamma amallar ana shunga o‘xshatib olinadi», dedilar».
Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar.
Termiziy keltirgan lafzda:
«Albatta, bandaning qiyomat kuni eng avval hisob-kitob qilinadigan amali namozidir. Agar u (namoz) durust bo‘lsa, batahqiq, (banda) yutuqqa erishadi va najot topadi. Agar u (namoz) fosid bo‘lsa, batahqiq, (banda) noumid bo‘ladi va xusronga uchraydi. Bas, agar uning farz namozidan biror narsa kamib qolsa, Robb azza va jalla: «Uning farzini nafllaridan to‘ldiringlar», deydi», deyilgan.
Sharh: Qiyomat kuni otaning bola bilan, bolaning ota bilan, onaning qiz bilan, qizning ona bilan, erning xotin bilan, xotinning er bilan ishi bo‘lmaydi. Hamma o‘zi bilan o‘zi ovora. Hamma U kunning dahshatidan titraydi. Hamma o‘zining holi qanday bo‘lishidan xavfda bo‘ladi. Hamma hisob-kitobni kutadi. Ana shu paytda bandalarning bu dunyoda qilgan amallarining hisob-kitobi boshlanadi. Banda dastlab namozdan so‘raladi:
«Senga namoz farz bo‘lganidan boshlab qancha namoz o‘qiding?»
«Qancha namozni qazo qilding?»
«Qancha namozni to‘liq o‘qiding?»
«Qanchasini o‘z vaqtida o‘qiding» va hokazo.
Mana shuning o‘zi namozning qanchalar ahamiyatli ekanligini yaqqol ko‘rsatib turibdi.
Keling, ushbu ulug‘ hadisi sharifdan chiqadigan foydalarni birma-bir o‘rganaylik:
1. Qiyomat kuni odamlarning eng avval hisob-kitob qilinadigan amali namozdir.
2. Agar banda namozni bu dunyoda o‘z vaqtida ado etgan bo‘lsa, u banda yutuqqa erishadi, najot topadi. Do‘zax azobidan qutulib, jannatga kiradi.
3. Agar banda bu dunyoda namozni o‘qimagan yoki chala ado etgan bo‘lsa, sho‘ri quriydi. U o‘shal kunda noumid bo‘ladi, xusronga uchrab, do‘zaxning eng qa’ridan joy oladi.
4. Alloh taolo O‘zi bilib turib, farishtalarga:
«Bandamning namoziga nazar solinglar. Uni tugal qildimikan yoki noqis qildimikan?» deydi. ("Hadis va Hayot" kitobidan).  Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:00 | Savol-javoblar | 177 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar