Zino qilayotganda iymon chiqib turishi

Assalomu alaykum! Eshitishim bo‘yicha zino qilgan odamning zino qilayotgan vaqtda iymoni olib qo‘yilarkan. Qancha muhlatda iymoni qaytadi? Ba’zilar 40 kun deyishyabdi. 40 kun 5 vaqt namoz o‘qisa o‘qigan namozi ado bo‘lmaydimi? Zino qilgan odam tavba qilsachi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Zino vaqtida chiqib, zinodan tugagach qaytadi. Xuddi shu kabi aroq ichuvchidan ham, birovlarni haqqini eyuvchilardan ham chiqib turadi. Bu holatdagi chiqib-kirishni ulamolarimiz suvda yashaydigan baliq suvdan chiqib quruqlikda qolgan va qattiq azoblar chekib yana suvga tusha olgan baliqqa o‘xshatganlar. Odatda bunday baliqlar ko‘pincha suvga qaytib tusholmay o‘lib qoladi. Yuqoridagi ishlarga mashg‘ul bo‘lgan insonlar ham iymonlarini bunday nochor holda qolishidan qo‘rqishlari kerak. Arablarda “Kamaa ta’ishuun tamutuun”, ya’ni “Qanday hayot kechirsangiz o‘shanday vafot topasiz” degan gap bor. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:18 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar