Zakotni pul bilan emas molda berish
Assalomu alaykum! Bu savolni bir savdogar barodarimiz iltimosi bilan bermoqdaman. U kishi kiyim kechak savdosi bilan shug‘ullanadilar. Xar yili ramazon oyida zakot beradilar. Zakotni pul bilan emas shu savdodagi kiyim kechak bilan bersa bo‘ladimi? 2. Xozirdan zakotlarini bersa bo‘ladimi oldindan? Buniyam savdo moli bilan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Aslida joiz, lekin hech kiymaydiganini berish joiz emas.
2). Ha. Alloh taolo “Baqara” surasida marhamat qiladi: يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ أَنفِقُواْ مِن طَيِّبَاتِ مَا كَسَبْتُمْ وَمِمَّا أَخْرَجْنَا لَكُم مِّنَ الأَرْضِ وَلاَ تَيَمَّمُواْ الْخَبِيثَ مِنْهُ تُنفِقُونَ وَلَسْتُم بِآخِذِيهِ إِلاَّ أَن تُغْمِضُواْ فِيهِ وَاعْلَمُواْ أَنَّ اللّهَ غَنِيٌّ حَمِيدٌ 267. Ey iymon keltirganlar! Kasb qilgan narsalaringizning pokizalaridan va Biz sizlarga erdan chiqarib bergan narsalardan nafaqa qilinglar. Nafaqa qilganingizda nopokni ko‘zlamang. Holbuki, uni o‘zingiz ham undan ko‘z yummay turib oluvchi emassiz. Va bilingki, albatta, Alloh behojatdir, o‘ta maqtalgandir.
Ma’lumki, o‘zi topgan mol-mulkni sadaqa qilib yuborish oson emas. Har bir odam ko‘proq mol-dunyoga ega bo‘lishni xohlaydi. Sadaqa qilish uchun ma’lum darajada fidokorlik, o‘zidan, nafsu havosidan kechish talab etiladi.
«Sadaqa» so‘zi «tasdiqlash» ma’nosini anglatadi, ya’ni molidan sadaqa qiluvchi kishi qalbidagi iymonini amaliy jihatdan tasdiqlagan bo‘ladi.
Shuning uchun ham mol-mulkdan sadaqa qilishga targ‘ib qiluvchi oyatni Alloh taolo mo‘minlarga mahbub sifat bilan boshlamoqda:
«Ey iymon keltirganlar!» demoqda. Bu sifat bilan nido qilinganda, mo‘min kishi har qanday og‘irlikni ham pisand qilmay ado etishga kirishadi.
So‘ngra nimalardan sadaqa qilish kerakligi bayon qilinmoqda:
«Kasb qilgan narsalaringizning pokizalaridan va Biz sizlarga erdan chiqarib bergan narsalardan nafaqa qilinglar».
Bu ta’rif mo‘minlarning qo‘liga tushadigan barcha turdagi molu mulkni – avvalo, o‘zlari kasb qilib topgan halol, pok rizqlarini, so‘ngra Alloh erdan chiqarib bergan ziroatlar, konlar va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Pok narsadan sadaqa qilishga amr qilindi, lekin masala nihoyatda ahamiyatli bo‘lganidan yana ta’kidlanmoqdaki:
«Nafaqa qilganingizda nopokni ko‘zlamang».
«Nopok» deyilganda faqat «harom»ni tushunmaslik kerak, balki past, arzimagan, kishi nazariga ilmaydigan narsalarni ham tushunish lozim. Qisqa qilib aytganda, «pichoqni o‘zingga ur, og‘rimasa, birovga» qabilida ish qilish kerak. Sadaqa berayotgan kishi o‘zini sadaqani olayotgan kishining o‘rniga qo‘yib ko‘rsin. Berilsa, o‘zi olmaydigan narsani birovga ham sadaqa qilib bermasin. Shunga ishora qilib:
«Holbuki, uni o‘zingiz ham undan ko‘z yummay turib oluvchi emassiz», – deyilgan.
Ya’ni «Birov past narsa bersa, olasizmi? Yo‘q, olmaysiz. Olsangiz ham, ko‘zingizni yumib, ijirg‘anib, noilojlikdan olasiz. Shunday ekan, boshqaga ham yaxshisidan ravo ko‘ring».
«Va bilingki, albatta, Alloh behojatdir, o‘ta maqtalgandir».
Alloh boy bo‘lganidan keyin Uning yo‘lida qiladigan sadaqangiz o‘shanga yarashgudek bo‘lsin. Alloh maqtalgan Zotdir, O‘zining yo‘lida sadaqa qilganlarni U ham maqtaydi.
Ushbu oyati karimaning nozil bo‘lishi haqida hadis ilmi imomlaridan Ibn Abi Hotim rahmatullohi alayhi sahobalardan Baro roziyallohu anhudan rivoyat qiladilarki, u kishi: «Bu oyat biz haqimizda nozil bo‘lgan, – deganlar. – Xurmolarimiz bor edi. Har bir kishi xurmosining oz-ko‘pligiga qarab, olib kelib, shingili bilan masjidga osib qo‘yar edi. Supa ahlining taomi yo‘q edi. Ulardan birortalari och qolsa, hassasi bilan qoqib, rang tortgan va pishib etilgan xurmolarni olib, er edi. Yaxshilikka rag‘bati yo‘q ba’zi kishilar bo‘lmag‘ur, yomon shingillarni ham osib qo‘yishar edi. Shunda Alloh taolo «Nafaqa qilganingizda nopokni ko‘zlamang. Holbuki, uni o‘zingiz ham oluvchi emassiz, magar undan ko‘z yumsangizgina…» oyatini nozil qildi. Shundan so‘ng bizdan har birimiz o‘zida bor xurmoning eng yaxshisini keltiradigan bo‘ldi».
Sadaqa qilmaslik yoki nopok – past narsalardan sadaqa qilish ushbu sadaqa egasining qalbida iymon sustligining va biror shubha yoki kasallik borligining dalolatidir. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:00 | Savol-javoblar | 147 | Zakot