Chaqaloqqa qora surtish

Assalomu alaykum! Chaqaloqni peshonasiga qora surtish haqida o‘qidik. Ammo ko‘z tegishi aniq bo‘lsa shuni sursa ham tegadi surmasa ham tegishi mumkinku. Bu bid’ad emasmi? Shu qora nuqtaga ishonish qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu erda qora nuqtaga suyanilmaydi. Odatda ko‘z juda o‘ynoqi va yaltiroq narsalarga juda o‘ch bo‘ladi. E’tibor bergan bo‘lsangiz inson birovning yuziga qaraganda eng esda qoladigani yuzidagi holi bo‘ladi. Shar’iy ruqiya o‘qib dam soluvchilar “insonning birinchi qaragandagi nazari zararli bo‘ladi, keyingisi esa zararli emas” deyishadi. Buni o‘sha nazardan saqlanishning tadbiri deb tushinish kerak. Bu xuddi shamollab qolmaslik uchun to‘n kiyish kabi tadbir bo‘lganidek. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:18 | Savol-javoblar | 174 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar