Qo‘g‘irchoq va jonli narsalarni to‘qish

Assalomu alaykum! Alloh ishlaringizga va xonadoningizga barakotlarini yog‘dirsin! Ayolim ipdan ayollar uchun kiyim, choynaklar uchun g‘ilof va shu kabi narsalar to‘qiydi. Tabiiyki kichik farzandi borlar qo‘g‘irchoq hayvonlarni va shu kabi jonli narsalarni to‘qib berishni iltimos qilishyapti. Shariatimizda  bu masala bo‘yicha nimahxukm berilgan? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Jonli narsalarning shaklini yasab bermasin. Shariatimizda jonli narsalarni rasmi bor uyga farishta kirmasligi ta’kidlangan. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 21:45 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar