Aybini yuziga solish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Allohdan ishingizga rivoj tilayman. Oldindan javobingiz uchun rahmat. Savolim shundan iborat: bir insonni kechmishda qilgan aybini, gunohini, noto‘g‘ri qadamini bot bot odamni yuziga “solish” to‘g‘rimi? Bunday qilmaslik haqida, bu to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tomonlaridan aytilgan hadislar mavjudmi? Rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Agar tavba qilib mazhara qilgan odamini roziligini olmasa o‘zi ham o‘sha ahvolga tushadi. عَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ عَيَّرَ أَخَاهُ بِذَنْبٍ لَمْ يَمُتْ حَتَّى يَعْمَلَهُ Mu’oz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim birodarini bir gunohda ayblasa, o‘zi o‘sha (ish)ni qilmay turib o‘lmaydi», dedilar».
Sharh: Birovlarning aybini behuda ravishda, g‘iybat tariqasida gapirish o‘z egasining boshiga kulfat keltiradi. Tavba qilib, xatosini yashirib yurgan odamlarni ayblash yaxshi emas. Ammo tavba qilmay, oshkora tarzda gunoh qilib yurganlarni tanqid qilish joiz. عَنْ وَاثِلَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا تُظْهِرِ الشَّمَاتَةَ لِأَخِيكَ فَيَرْحَمَهُ اللهُ وَيَبْتَلِيَكَ. رَوَى هَذِهِ السَّبْعَةَ التِّرْمِذِيُّ Vosila roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Birodaringga kelgan balodan xursandligingni zohir qilma. Tag‘in Alloh unga rahm qilib, seni baloga giriftor qilib qo‘ymasin», dedilar».
Ushbu hadislarni Termiziy rivoyat qilgan.
Sharh: Banda hech qachon bir kishining boshiga tushgan balodan xursand bo‘lmasligi, boshiga ish tushgan odamniga past nazar qilmasligi lozim. Chunki zamon aylanib, o‘rinlar almashib qolishi ham mumkin. Shuning uchun ehtiyot bo‘lmoq kerak. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:01 | Savol-javoblar | 159 | Hadislar