Yo‘l yopilgani uchun narxni ko‘tarish

Assalomu alaykum! Bozorda ishliman xitoydan mol keladi. Xitoyda kassallik chiqib mol kirishi 2-3 oyga balki undan ham ko‘p vaqtga yopildi. Shuni hisobiga bizda ham bizga o‘xshash do‘konchilarda ham tovarning narxlari oshib bormoqda. 2-3 oydan keyin juda qimmatlashib ketsa kerak, chunki tavar kirmayabdi, rasxod o‘shancha. O‘zimizdi bor molni sotamiz, shu xolatda molni qimmatroq sotsak shariatimizga to‘g‘ri keladimi? Harom savdo qilib qo‘yshdan qo‘rqvomman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Harom bo‘lmaydi. Insofni unutib qo‘ymanglar. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 15:36 | Savol-javoblar | 155 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar