Er namoz o‘qishni bilmasa

Assalomu alaykum! Turmush o‘rtog‘im namoz o‘qishni bilmaydilar. Aroq ichib turadigan yomon odatlari ham bor. Lekin Alloh bardavom qilsin har Juma namoziga kanda qilmay boradilar. Niyatim turmush o‘rtog‘imga namozni o‘rgatish. Buni qanday boshlashni bilmayapman. Birgina yo‘li kechasi cho‘milib chiqqanlarida qo‘llariga joynamoz tutqazish va birga namoz o‘qiymiz deb turib olish. Lekin bunday namoz o‘qishni tartibi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Namoz kitobini oldiga qo‘yib qo‘ying. O‘shanga qarab o‘qiyversin. Vallohu a’lam!

2 May 2022, 23:04 | Savol-javoblar | 153 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar