Uylanmoqchi bo‘lganlar uchun duolar
Assalomu alaykum! 1) Uylanmoqchi bo‘lganlar shu duolarni o‘qisa bo‘ladimi yoki dildan chiqarib duo qilgan yaxshimi? Ey Robbim! Menga huzuringdan dindor, go‘zal xulqli, Sening toatingga menga yordam beradigan, ne’matingga shukr qilishga menga ko‘mak beradigan, iffatli bo‘lishimga sabab bo‘ladigan soliha zavja ato et! Ey Robbim! Uni men uchun yaxshi suhbatdosh, yaxshi hamxona, yaxshi umr yo‘ldosh, Senga hamd bilan tasbeh aytadigan, afving bilan rizoingni istaydigan solih-soliha zurriyodlarimga ona qil. Ey Alloh! Soliha ayolni kutish vaqti cho‘zildi, foniy dunyo fitnalaridan qalb va aql charchadi. Zaifligimga, ojizligimga rahm qil, xatolarimni mag‘firat et. Ey Alloh! Agar soliha ayol mendan uzoq bo‘lsa, uni yaqinlashtir. Agar unga etish qiyin bo‘lsa, u ishni menga oson qil. Meni uning muhabbati va toati ila rizqlantir. Qalbimga unga bo‘lgan muhabbatni joyla. Ey Alloh! Ko‘zlarimni uni ko‘rish ila quvontir. U bilan mening oramni baraka va yaxshilik ustida jamla. Ey Alloh! Uni menga dunyoda ham, oxiratda ham yaxshi turmush o‘rtoq qilgin. Ey Robbim! Men ojiz bandang Sening menga ato etadigan yaxshiligingga muhtojman. Rizqning hammasi faqat Sendan. Yaxshilikning hammasi Sening qo‘lingda. Rahmatning barchasi Sendan. Qalbimni sururga to‘ldir. Mashaqqatimni arit. Mahzunligimni ketkaz. Ey Alloh! Menga dunyoda yaxshilik ato et va oxiratda yaxshilik ato et hamda meni do‘zax azobidan asra. Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga, u kishining oilalariga va sahobalariga salovot va salomlaringni yubor. 2). O‘zbek kril alifbosidagi arabcha matni bormi? Duolar yozilgan kitoblardan qidirib topa olmadim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz aytgandek o‘zbek kril alifbosidagi arabcha matni borligini bilmaymiz. O‘zbekchasini o‘qib turavering. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 01:00 | Savol-javoblar | 156 | Duolar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz aytgandek o‘zbek kril alifbosidagi arabcha matni borligini bilmaymiz. O‘zbekchasini o‘qib turavering. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 01:00 | Savol-javoblar | 156 | Duolar