Shartlashuv

Assalomu alaykum! Biz deyarli 10 kishidan iborat tanishlar bilan (tongi va tungi zikrlarni va yana boshqa Alloh roziligi uchun qilinadigan amallarni qilishga odatlanish) maqsadida shartlashmoqchimiz. Unga ko‘ra har birimiz (hozircha) tungi va tongi zikrlarni aytib guruximizga shartlarni bajarganimiz haqida rasm tashlamoqchimiz. Shu shartni bajarmagan insonga (200.000 so‘m) jarima belgilamoqchimiz. Jarimalarni (jarima to‘lagan insonning xoxishiga ko‘ra, uning ishtirokida) Alloh roziligi yo‘lida (qiynalgan oilalarga va h.k.) bermoqchimiz. Shunday qilish joizmi? Joiz bo‘lsa foydalari, joiz bo‘lmasa oqibatlari haqida batafsil ma’lumot bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Vazifani bajarmagan kishi boshqa ishtirokchilarga biror narsa berishini shartlashsangiz qimorga aylanib qoladi, bundan ehtiyot bo‘lish zarur. Xayr-ehson va sadaqa qilishda kishi Allohning roziligini istab o‘z xohishi bilan, savob umid qilib berishi kerak. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 13:41 | Savol-javoblar | 174 | Boshqa ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar