Savollardagi savol
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, savolim nojo‘ya bo‘sa avvalo uzr so‘rayman. Shariatimizda har qanaday ma’lumotni manbasini surishtirib keyin ishonish kerak degan gap bor. Telegramdagi botlarning birida sizlar tomoningizdan berilgan bir javobga ko‘zim tushdi unga ko‘ra maxrsiz ham nikoh bo‘ladi deyilgan. Ammo Shayx hazratlarining "Baxtiyor oila" kitoblarida mahrsiz nikoh yo‘q deb yozilgandi. Agar noto‘g‘ri tushingan bo‘lsam uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Hazratimiz o‘zlarining "Kifoya" nomli kitoblarida nikohning bog‘lanish shartlari va ruknlari deb quyidagilarni aytganlar. Ularning ichida “Mahr shart” degan joyi yo‘q. Nikoh tuguni iyjob va qabul ila bog‘lanadi. Ularning lafzi «Zavvajtu» – «O‘zimni senga nikohladim» va «Tazavvajtu» – «Nikohlandim» kabi o‘tgan zamon fe’li yoki «Zavvijnii» – «Meni nikohla», deganda «Nikohladim», deyish kabi buyruq va o‘tgan zamon fe’li ila ifoda etiladi. Ikki taraf buning ma’nosini bilmasalar ham, baribir. (Fors tilidagi) «dol»dan keyin mimsiz «dod» va «Faziruft» va «Fazirufti» (ya’ni topshirdi, qabul qildi), deyish bilan nikoh bog‘lanadi. Bu «Sotdim» – «Oldim» kabi. Guvohlar oldida «Biz er-xotinmiz», deyishlari bilan nokoh bog‘lanmaydi. Nikoh aqdi nikoh, uylanish va bir narsani o‘sha vaqtning o‘zida mulk qilib berishni anglatish uchun ishlatiladigan lafzlar ila to‘g‘ri bo‘ladi. Ikkovlari bir-birining lafzini eshitmoqlari va ikki mukallaf musulmon hur erkak yoki bir hur erkak va ikki hur ayol hozir bo‘lib, birgalikda ikkisining lafzlarini eshitmoqlari shartdir.
Nikoh ikki fosiqning huzurida ham to‘g‘ri bo‘ladi. Lekin ularning guvohligi asari da’vo paytida o‘tmaydi. Nikoh ikki tarafning ikki o‘g‘li yoki bir tarafning ikki o‘g‘li huzurida to‘g‘ri bo‘ladi. Ularning guvohligi o‘zining yaqini foydasiga qabul qilinmaydi. Nikoh ikki zimmiyning guvohligida to‘g‘ri bo‘ladi va ularning guvohligi musulmonning ziddiga o‘tmaydi. Agar vakil qiluvchining o‘zi hozir bo‘lsa, vakil guvoh bo‘la oladi. Shuningdek, balog‘atga etgan, boshqa odam unga valiy qilingan qiz hozir bo‘lsa, uning valiysi guvoh bo‘la oladi.
Quyidagilar harom bo‘ladi: asli, far’i, yaqin aslining far’i, uzoq aslining sulbidan bo‘lgan qizi, xotinining onasi va jinsiy yaqinlik qilgan xotinining qizi, aslining va far’ining xotini. Shularning hammasi emikdoshlik orqali bo‘lganda ham.
Shuningdek, o‘zi bilan zino qilgan, o‘zi ushlagan yoki uni ushlagan va ichki farjiga shahvat bilan nazar solingan ayolning far’i ham, asli ham harom bo‘ladi. To‘qqiz yoshdan kichik qizlar ishtaha tortadigan emas.
Ikki ayoldan birini erkak deb faraz qilinganda unga ikkinchisi halol bo‘lmaydigan ayollardan birining nikohi va iddasi ikkinchisining nikohini va mulk yuzasidan yaqinlik qilishni harom qiladi. Shuningdek, ulardan biriga mulk yuzasidan jinsiy yaqinlik qilish ikkinchisiga ham mulk yuzasidan, ham nikoh orqali jinsiy yaqinlik qilishni harom qiladi. Nikohini emas. Agar biriga aqdi nikoh qilgan bo‘lsa, to boshqasini harom qilmaguncha unga yaqinlik qilmay turadi. ("Kifoya" kitobidan).
Siz aytgan "Baxtiyor oila" kitobidagi “Nabiy alayhissalom biror nikohni mahrsiz qo‘ymaganlari sobitdir. Musulmonlarning barchasi nikoh mahrsiz bo‘lmasligiga ijmo’ qilganlar” deganning ma’nosi har bir bog‘langan nikohda belgilashsa o‘sha belgilangan, agar belgilashmasa o‘z-o‘zidan mahr vojib bo‘ladi deganidir. Bitta kitob emas ko‘proq kitob o‘qisangiz shunday savollarga o‘zingiz javob topasiz. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:01 | Savol-javoblar | 183 | Administrator