Innal hamda lillah, nahmaduhu va nasta’iynuhu va nastag‘firuh

muhtaram administrator! Shayx hazratlari men bunaqa ishlar bilan shug‘ullanmayman deb aytibdilar. Iltimos agar sizda ushbu duo bo‘lsa, yozvoring! Men bu duoni eshitib yozayapman. Biror bir joyida hatolik bo‘lsa, Alloh o‘zi kechirsin. Bismillahi rohmaniyr rohiym.  Innalhamdilillahi ahmaduhu va nastag‘fiynhu va nastag‘fiyruh. Va auzubillahi shuuri anfusina. Va mi  sayati amalina, ma yahdihila fala mug‘iy vala va yug‘dilful fadi yala. Va ashhadu alla ilaha illahu ahdahula sharikala,  va ashhadu anna Muhammadan abduhu rasuluh, amma bad assalumu alaykum va  rahmatillohu va barokotuh. Ushbu duo nima ma’no berishini aytsangiz. Ushbu duoni to‘g‘ri yozilganini yozib yuborsangiz.  Yodlamoqchiman inshaalloh! Alloh shayh hazratlari, va shu saytda xizmat qilayotgan insonlarni o‘z panohida saqlasin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Innal hamda lillah, nahmaduhu va nasta’iynuhu va nastag‘firuh. Va na’uzu billahi min shururi anfusina, va min sayyiati a’malina. May-yahdihillahu fala muzilla lah, va may-yuzlil fala hadiya lah. Va ashhadu alla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, va ashhadu anna Muhammadan ’abduhu va rosuluh. Albatta hamdu sanolar Allohnikidir! Biz U zotni maqtaymiz. U zotdan madad va mag‘firat so‘raymiz. Allohdan o‘z nafsimiz va amalimiz yomonliklaridan panoh tilaymiz. Kimni Alloh hidoyat qilsa, uni zalolatga ketkazuvchi yo‘q va kimni zalolatga ketkazsa, uni hidoyat qiluvchi yo‘q. Guvohlik beramanki, yolg‘iz va sheriksiz Allohdan o‘zga haq ma’bud yo‘q. Yana guvohlik beramanki, albatta, Muhammad sollallohu alayhi vasallam Uning quli va rasulidir.

30 Aprel 2022, 04:11 | Savol-javoblar | 160 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar