Uchinchi rakatga turib yuborsa

Assalomu alaykum! Ustozlar, ertalab bomdod namozini o‘qiyotganmda 2 rakat sunnatni ikkinchi rakatida o‘tirib davom ettirish esimdan chiqib yana turib Fotixa surasini o‘qib bo‘lganimdan keyin esimga tushib qoldi. Shu holatda namozni qanday davom ettirishim kerak bo‘ladi? Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qaytib o‘tirasiz, sajdai sahv qilasiz. "Kifoya" kitobida quyidagicha keladi.
Agar namozxon qa’dai oxirga o‘tirmay turib ketsa, modomiki, sajda qilmagan bo‘lsa, qaytib o‘tiradi va sajdai sahv qiladi.
Chunki u farz amal bo‘lgan qa’dai oxirni kechga surdi.
Agar sajda qilgan bo‘lsa, farzi naflga aylanadi va agar istasa, oltinchi rak’atni qo‘shadi.
Beshinchi rak’atning sajdasini qilishi bilan farz namozi naflga aylanadi. Besh rak’atli namoz bo‘lmagani uchun oltinchi rak’atni ham o‘qib qo‘ysa, olti rak’atli nafl o‘qigan bo‘ladi. Farzni boshqatdan o‘qiydi.
Agar namozxon qa’dai oxirga o‘tirganidan keyin unutib turib ketsa, modomiki, sajda qilmagan bo‘lsa, qaytib o‘tirib, salom beradi.
Chunki tik turgan holda salom berib bo‘lmaydi. Bunda sajdai sahf qilmaydi.
Agar sajda qilgan bo‘lsa, farzi tamom bo‘ladi va oltinchi rak’atni qo‘shadi hamda sajdai sahv qiladi.
Chunki uning uchun namozidan salom berishdan boshqa narsa qolmagan edi. Sajdai sahvni qilishi naflni odatdagidek boshlamagani uchun bo‘ladi. O‘sha ortiqcha namoz uning uchun
Ikki rak’at nafl bo‘ladi. Ular peshinning sunnati o‘rniga o‘tmaydi.
Bamdodning sunnati ham shu kabi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:05 | Savol-javoblar | 153 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar