Abu Lahab va Abul Hakam

Assalomu alaykum! Milliy TV da namoyish etilgan "Umar ibn Hattob" serialida Abu Lahab va Abul Hakam alohida 2 shaxslar qilib ko‘rsatilgan. Abu Lahab Payg‘ambarimiz S.A.V ning amakilari, Abul Hakam esa Umar ibn Hattob R.A ning amakilari. Masjidimizdagi domla ma’ruzada bu 2 ismni bir odamga tegishli qilib, ya’ni Abu Lahab va Abul Hakam 2lasi 1odam, Payg‘ambarimiz S.A.V ning amakilari deb gapirdi. Savol: serial noto‘g‘rimi yoki domla adashib ketdilarmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ikkisi ham xato qilibdi. Ular ikkisi boshqa-boshqa, Abu Jahl Umar ibn Xattobning tog‘asi bo‘ladi. Ya’ni onasining akasi yoki ukasi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:05 | Savol-javoblar | 160 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar