Rizq uchun ibodat

Assalomu alaykum! Ustozlar, ba’zi bir ma’ruzalarda eshitib qolamizki, ibodatda bardavom yuruvchilarni Alloh ishini o‘nglaydi, rizqini barakali qiladi. Bu fikrda ibodat qilsak oxiratimizga ziyon eytmaydimi? Go‘yoki dunyo talabida ibodat qilayotgandekmizku?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ehson maqomida bunday qilish mumkin emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ba’zi bir mushrik va kofirlarga qalblarini ulfat qilishi uchun ko‘proq mol-dunyo ham berar edilar. Keyinchalik ular buyuk sahobiylarga aylanib ketdilar. Targ‘ib ma’nosida aytish mumkin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:05 | Savol-javoblar | 138 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar