Jonliq so‘yish uchun qo‘l olish

Assalomu alaykum! Men yaqinda ozuqa uchun jonliq so‘yishni boshladim. Bunda mazhabimiz bo‘yicha, kitoblardan o‘rganib so‘yishga harakat qilyapman. Ammo ko‘pchilik jonliq so‘yish uchun avval qo‘l olish kerak deyishyapti. Bu qanday bo‘ladi desam, biror qassob senga pichoq beradi va sen unga biror hadya berasan deyishdi. Bunday qilmasam, nima bo‘ladi deb so‘rasam, jonliq so‘yish og‘ir ish. Qirq yoshdan keyin qo‘ling qaltiraydigan bo‘lib qoladi deyishdi. Men bunday gaplarga parvo qilganim yo‘q. Ammo ba’zi kasbi qassob bo‘lganlar ham shunday qilish kerak deyishyapti. Bu qanchalik to‘g‘ri narsa?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qo‘li qaltirab qoladi degan gap asossiz. Vallohu a’lam!Quyidagi linklarda berilgan javobni o‘qing https://savollar.islom.uz/s/51640 https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=14353.0https://savollar.islom.uz/savol/17081

26 May 2022, 00:06 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar