Oilamni gunoxdan qanday qaytaray?

Assalomu alaykum! Turmush qurganimga 5 yil bo‘ldi, oilam bir domlani uyiga chaqirib o‘qitishar ekan. Domla xammaga taniqli, Toshkentdagi mashxur domlalardan biri ekan. Lekin menga domlaning gaplari shubxa uyg‘otgani uchun men u domlaning domlaligiga ishonmayman. Masalan, Domla xar doim qaynonamlarga sizi oilezi ovsiniz, qaynagachiz, ukangizni xotini va shu kabi insonlar (qondosh emas, qudachilik bilan qarindoshlar) o‘qigan, yomonlik xolavoti deb aytadi. Mani birinchi bolam ichimda nobud bo‘lganida bu Allohning irodasi solix farzandlar ato etsin demasdan, sizi 200% o‘qitishgan deb aytganida man o‘rnimdan turib chiqib ketganman. O‘shandan beri u domla kelsa man uydan chiqib ketaman, ketganidan so‘ng kiraman. Savolim shuki oilamni qanday qaytaray, man rosa xarakat qildim manga xech kim ishonmadi, biza gunox ish qimadik deb aslida gumonda yashashvoti. 5 yildan beri shu ishlarni tomoshabini bo‘lib charchadim, to‘xtatishi xoxliman. Ba’zida chuchvara qiling, shovla qiling deb aytishsa domlani aytganini qilib man pishirgan, manam gunoxkormami deb qo‘rqaman. Aslida man qaynona qaynotam shu ovqat aytishgani uchun qilsam demak men xam sherik bo‘lib qolmadimi deb qo‘rqaman. Iltimos yordam bersangizlar. Javobingiz uchun rahmat. Alloh rozi bo‘lsin
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning “Tib va dam” va “Folbinlik, sehrgarlik, jin chiqarish va noan’anaviy davolash kabi ishlar” kitoblarini olib bering. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:09 | Savol-javoblar | 166 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar