Paynetdagi xizmat haqqi
Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Iltimos savolimga javob bering, juda ham muhim savol! Hozirda hamma joyda shu ahvol. Savolim shuki, yaqinda paynetlarda komissiyalarni bekor qildi ya’ni 1000 so‘m bersa mijozga to‘liq 1000 so‘m tushayapti, oldin 1000 so‘m bersa 940 so‘m tushar edi va agentga (Paynet xodimiga) 60 so‘m oylik tariqasida qolar edi. Endi shuni yo‘q qilib yubordi. Endi mijoz 1000 so‘m solsa hisobiga 1000 so‘m tushadi va bizga necha pul solsa ham usha puldan bizga 2,5% (bu 1000 so‘mdan 25 so‘m bo‘ladi) oylik tariqasida belgilandi. Bu pulni kompaniya qoplaydi, mijozga o‘sha bergan puli tushadi qonun bo‘yicha. Endi esa deyarli barcha paynet shahobchalarida mijoz necha pul solishidan qat’iy nazar alohida 200 so‘m xizmat haqi bering deb olib qolinyapti, o‘sha olinayotgan 200 so‘m pul halolmi yoki harommi? Ustoz agar savol berishni bilmagan bo‘lsam yoki tushuntira olmagan bo‘lsam meni kechirng! Alloh taolo ikki dunyo saodatiga etishlikni nasibiruzi aylasin. Amin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Xizmat haqi bo‘lsa, halol.
26 May 2022, 20:16 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Xizmat haqi bo‘lsa, halol.
26 May 2022, 20:16 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar