Mashina olishda pul etmay qoldi
Assalomu aleykym! Biz yaqinda mashina oldik va etmagan puliga tanishimizga murojaat qildik(u odam mashina oldi berdisi bilan shug‘ullanadi). Biz mashina sotib olayotganda mashinani o‘zimiz topdik va u odam bizga faqat etmagan summani berib turdi. Lekin xisob qilinayotganda summani ustiga yana qo‘shib(misol-1000$ bergan deylik, shuni 1100$) xisobladi va buni 25% ko‘paytirib, berilishi kerak bo‘lgan oylarga bo‘lindi. Buni sababini so‘raganimizda(ya’ni nega 1100 xisoblandi) “Agar do‘kondan narsa sotib olsangiz, ustidagi qo‘yilgan natsenka bilan sotib olasizku, buyam xuddi shu singari" degan javobni oldik. Savolim quyidagicha: Bu savdomiz taqsit savdosiga kiradimi? 2). Taksit savdosining shartlari 2-bandida “Savdo moli sotuvchi yoki vakilining mulkida bo‘lish kerak” degan joyini o‘qib qoldim. Aziz ustozlar shu savdoimiz joizmi, xatolik yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu taqsitga kirmaydi. Bu pul berib ustama olish hisoblanib, sudxo‘rlikdir. Vallohu a’lam!
27 Iyul 2022, 16:26 | Savol-javoblar | 138 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu taqsitga kirmaydi. Bu pul berib ustama olish hisoblanib, sudxo‘rlikdir. Vallohu a’lam!
27 Iyul 2022, 16:26 | Savol-javoblar | 138 | Halol va harom