Otasi o‘zbek onasi tojik buvisi lo‘li

Assalomu alaykum! Kechirasizlar man birinchi marta savol berishim. Man shu narsani bilmokchiydim, otasi o‘zbek onasi tojik, buvisi lo‘li ya’niy qizda lo‘li qoni bo‘lidimi? U qizga uylansa nima bo‘ladi? Javob uichun oldindan Rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Dinimizda oq-qora yoki o‘zbek-tojik yoki lo‘li degan narsa yo‘q. Musulmon bo‘lishi kifoya. Qancha-qancha o‘zbek, tojik, hatto arab millatiga mansub g‘ayridinlar bor. Islomda millat, rang, irqning qizig‘i yo‘q. Allohni  yagona deb Muhammad sollallohu alayhi vasallamni payg‘ambar deb tan olsa bo‘ldi. Uylanish joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:11 | Savol-javoblar | 155 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar