Javobingni berdim degan so‘z

Assalomu alaykum! Meni bir dugonam ikkinchi bor Farg‘onadan Toshkentga turmushga chiqdi, bitta o‘g‘li bor edi. Tashlab erga tegib ketti. Eri bolani keyin olib ketasiz deb vada bergan ekan. 3 yil yashadi, lekin xecham farzandini yoqtirmadi. O‘g‘lini olib kesa ko‘chaga chiqar o‘ylab kesin dedi. Eri faqat postelni o‘ylardi. Xullas o‘rtog‘im chidamadi, tinchlik bo‘lmadi uylarida, eri javobini berdim deb 3 marotaba aytibti. Bu ham taloqqa kiradimi? O‘rtog‘im xozir yashamayapti, ota uyida, eri endi afsuslanyapman deb telefon qilyaptikan, yashashni yo‘li bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Javobini berdim deb uch marta aytish bilan uch taloq tushgan. Birga yashashlariga yo‘l yo‘q. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:37 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar