sanoq
Qori aka!Quronni birinchi yod olishda nechtadan sanoq qilish kerak. Qanaqa uslubda yod olgan yaxshi. Qaysi qori akaning uqiganini eshitishga tavsiya etasiz?Qori aka savollarim beodoblik bilan berilayotgan bulsa uzr qisqa bulsin degan maqsadda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Bismillaahir Rohmaanir Rohiim.Va alaykum assalom. Qur’oni Karimni yodlashda sanoq qilishning ahamiyati juda ham katta. Ammo uni nechta qilish odatda o‘qiguvchining yoshiga, qobiliyatiga va boshqa jihatlarga ham bog‘liq bo‘ladi. Ko‘pchilik 300ta sanoq qilishni, yana kimladir undan ko‘ra oz yoki ko‘proq adadni tavsiya qiladi. Yodlash uslubi haqida ham shunga xshash so‘zlarni aytish mumkin. Shunday bo‘lsada, hozir biz sizga hamma uchun yaxshi manfaat beradigan, tajribadan o‘tgan uslubni tavsiya qilamiz. Avvalo yod olmoqchi bo‘lgan oyatlaringizni bexato o‘qishni o‘zlashtirasiz, iloji bo‘lsa, bilgan kishi ko‘rigidan o‘tkazib olinsa, yanada yaxshi bo‘ladi. Yodlanayotgan oyatlarning umumiy miqdori 3 yo 5 qatordan kam bo‘lmasligi kerak. Bu jarayonda ustoz qorilarning qiroatlarini tinglashdan unumli foydalanish mumkin. Buning uchun eng avval uch to‘rt bor yaxshilab tinglab, keyin birga o‘qishga, undan so‘ng mustaqil o‘qishga o‘tiladi. Darsni bexato o‘qishni yaxshi o‘zlashtirib olganingizga ishonchingiz komil bo‘lgach, uni yodlashga kirishasiz. Buni biz, shartli ravishda, birinchi bosqich deb aytamiz.Darsni puxta yod olganingizdan so‘ng, kitobga qaramasdan uni yuzta sanab qo‘yasiz, mabodo orada topa olmay qarab qo‘ysangiz, uni mazkur yuzta sanoqqa qo‘shmaysiz. Agar yuzta sanoqdan keyin ham darsni tezda unutadigan bo‘lsangiz yoki uni xotirangizda saqlanib qolishiga o‘zingiz to‘la ishonch hosil bo‘lmasa, sanoqni yana 50 yoki 100ta qo‘shib qo‘yishingiz mumkin.Har bir ishda tartib bo‘lishi lozim, ilm talabi uchun esa bu narsa yanada muhim. Shu bois, Qur’on yodlashda kunning ma’lum qismlarini tanlab olish va doimo o‘sha rejaga amal qilish katta ahamiyatga ega. Misol uchun, yuqorida aytilgan birinchi bosqichni kechki payt, yotishdan oldin bajarib yotilsa, ertalab turganda dars o‘zi deyarli yodlanib qolgan bo‘ladi. Yodlangan darsni yuzta sanoq qilib qo‘yilsa bas, ish bitadi. Bu ish agar bir necha kun bir xilda amalga oshirib borilsa, bir kunda bir sahifani yodlash, siz uchun oddiy hol bo‘lib qoladi, inshoolloh.Qur’on yodlashda biror sura yoki pora yakun topganda uni butun qilib tayyorlashni unutmaslik lozim. Bu narsaning foydasi juda ham ko‘p. Jumladan, bu o‘sha sura yoki porani xotirada mutahkamlaydi, kishida yod olish, yod olganlarini saqlash va ularni qo‘shib, butun qilib o‘qib berish malakasini hosil qiladi. Qur’onning hammasini yoki ma’lum qismini yod olmoqchi bo‘lgan kishi yod olgan suralarini doimo takror qilib turishni o‘ziga vazifa qilib olishi lozim. Bu takrorning bir marta aylanishi bir haftadan o‘tib ketmasligi kerak. Aks holda, tayyor yod olingan sura va oyatar unutilib ketadi. Bu esa mantiqsiz ish.Qur’oni Karimni o‘rganishda Muhammad Siddiq Minshaviy, Xalil Xusariy, Abdulbosit Abdussomad, Xuzayfiy va boshqa mo‘’tabar qorilarning qiroatlarini tinglashni tavsiya qilamiz. Ammo taqlid qilishda inson o‘zining imkoniyatlarini hisobga olishi kerak. Vallohu a’lam.
2 May 2022, 08:06 | Savol-javoblar | 167 | Qur’oni karim