Qalbni o‘ldiradimi?

Assalomu alaykum! Hozirgi kunda urf bo‘layotgan ayrim kuldirishni kasb qilib olgan jamoalar insonlarni musulmonlarni qalblariga salbiy ta’sir qilishini bilib oldim. Hozirgi kunda ko‘chada odamlar gaplashishganida xam shu jamoalar konsertlarida ishlatgan so‘zlarni ishlatishmoqda. Oddiy gap bo‘lsa mayli mazmuni fahsh uyatli gaplar. Televizorda, diniy ko‘rsatuvlar Hidoyat sari va shu kabi ko‘rsatuvlar bo‘lsa darxol boshqa kanallarga olib yuborishlar bo‘ladi. Man tanishlarimga shu ko‘rsatuvlani ko‘riylik dsam afsuski ularga yoqmidi. Insonlarga qanday tushuntirsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Kulish, kuldirish aslida shariatda joiz. Odamlar qalbiga xursandchilik solish, qalbidan g‘am-anduhni ketkazish eng savobli amal hisoblanadi. Musulmonlar hamma vaqt yuzida tabassum bilan bo‘lishlariga buyurilganlar. Shuning uchun ham bu sunnatga amal qilib keksaygan kishilarimiz chehrasi ochiq, istarasi issiq, qovog‘i uyulmagan va fayzli bo‘lib turadilar. Har bir jabhada dinimizning ta’limoti bo‘lganidek kulish va kuldirishning ham shar’iy ta’limotlari bor. Bu haqida ko‘plab kitoblar yozilgan. Unda hazil qanday tarzda amalga oishirilishi, qandaylari joiz emasligi, niyat to‘g‘ri bo‘lsada shariatga zid bo‘ladigan o‘rinlari batafsil aytib o‘tilgan. Qisqacha 3-4tasini aytib o‘tsak.
1). Kuldiruvchi kimnidir ustidan kulib, mazah qilib diliga ozor etkazishi harom amal hisoblanadi. Buni “hazilda” deb pisand qilmaslik jaholat hisoblanadi.  
2). Kuldirishda o‘zgalarni aybini izhor qilmaslik kerak. Bunday qilish Alloh taoloning ustidan kulish hisoblanadi. Chunki hech kim o‘zi xohlagandek surat va shaklda yaratilolmaydi. Barchaga berilgan ko‘rinish va shakl shamoil Alloh taolo tarafidan beriladi. Bir rassom surat chizsa va uning qaeridadir aybi bo‘lsa suratga berilgan baho suratkashga berilgan baho hisoblanadi. Kimnidir qulog‘ini, kimnidir ovozini, kimnidir yurish-turishini mazax qilish uni o‘shandan Zotni mazax qilish hisoblanadi.
3). Inson hazillashib yoki bilmasdan xato qilib og‘zidan kufr so‘z chiqsa o‘z ixtiyori bilan aytgani uchun iymondan chiqdi deb aytiladi. Uni umr bo‘yi qilgan yaxshiliklari habata bo‘lib, ayoli bilan o‘rtasidagi nikoh buziladi. Haj qilgan bo‘lsa yana qayta haj qilish zimmasiga farz bo‘ladi.
4). Islom shiorlari bo‘lgan azon, namoz, ro‘za, ayollarning avratlarini berkitishlari, farishtalar, jannat, do‘zax haqida qilingan hazillar iymonni ketkazadi. Masalan kimdir o‘zini Azroilman deb suyaklarni bo‘yniga ilib mazax qilsa yoki do‘zaxda falonday azoblanayotgan ekan kabi to‘qima gaplarni aytsa.
5). Ba’zi kishilar kuldiraman deb voqe’likka zid bo‘lgan yolg‘onlarni to‘qishadi. Bu ham yolg‘on gapirishga kiradi. Vaholanki kuldirish uchun bo‘lgan voqe’ani rost so‘z bilan ifodalash joiz edi.
6). Kimdir hazil qilib xotinini taloq qilsa taloq tushadi. Hazillashib birovni molini olish va buni bilsa hazil bilmasa chin qabilida ishlatib yuborish shar’an joiz emas va hokazolar.
Ammo hamma vaqt shu kabi kuldiruvchi narsalarni payida bo‘lish isnon qalbini o‘ldirib, Qur’on desa, hadis va pandu nasihat desa yuz o‘giradigan holga olib keladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:16 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar