Qur’ondagi noma’qul ranglar

Assalomu alaykum! Ayolimga Qur’on sovg‘a qilishgan ekan, Qur’onni qarasam varoqlarning chetiga shunday rang berilganki uni yopsa yoni LGBT bayrog‘i tusiga kiradi, men bayroq bilan solishtirib ko‘rdim ayni ranglar, yani Qur’onni yoniga LGBT bayrog‘i tushirilgan lekin ichi rangli emas faqat chetlari. Qur’on ustiga "HUMO" deb yozgan va Orqa varoqlari, mundarija o‘zbek tilida yani o‘zbek qaerda chiqarilgani yozilmagan. Shu Qur’onni nima qilishni bilmayapman, nima qilsam bo‘ladi yoqib yuboraymi ko‘mib tashlaymi
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Biror mutaxassis qoriga ko‘rsating. Agar oyatlarida xatoliklar bo‘lmasa, rangini ustidan bo‘yoq bilan bo‘yab yuborib, foydalanaverasiz. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 20:54 | Savol-javoblar | 181 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar