Rossiyadagi imomlarga nikoh o‘qitsam bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Men 3 yil oldin xotinim bilan janjallashib uning otasiga jahl ustida “olib keting qizingizni” deb yuboribman, niytim u xotin kerak emas edi. Endi shuncha vaqt o‘tdi. Yana orada farzandlar bo‘ldi. Men u paytda taloq masalasida uncha ma’lumotga ega emasdim. Uydagilar ham, xotin tarafdagilar ham menga xech narsa demadi. Yana yashab ketaverdik. Endi taloq haqida maruzalar eshitib ko‘nglimga shubxa tushib qoldi. Nima qilishni bilmayman. Iltimos maslahat beringlar, hozir Rossiyadaman, agar nikoh o‘qitish kerak bo‘lsa shu joydagi imomlarga nikoh o‘qitsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:16 | Savol-javoblar | 142 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar