O‘limlik puli

Assalomu alaykum! Ustozlar, bir keksa yoshdagi ayol o‘limligi uchun pul yig‘ib qo‘ygan. Sal betobligi sababli o‘sha ayolning farzandi onasining o‘sha o‘limlik pulini beruxsat olib, xabar bermay ishlatyapti. Unga bu ishni qilma desak, bu pulni extiyojlariga, dorilarga, ro‘zg‘orga ishlatyapman, shariatda o‘limlik uchun pul yig‘ilmaydi, aksincha pullar tiriklarga zarur deyapti. Lekin u pullarni ayol xech qayoqqa ishlatmas edi, bilib qolsa dili qattiq og‘riydi. Farzand to‘ri ish qilganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Onani dili og‘rishidan qattiq saqlanish kerak. Garchi o‘g‘il to‘g‘ri fikrlayotgan bo‘lsa ham onaning dili og‘rishiga arzimaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:19 | Savol-javoblar | 171 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar