Rossiyaga kelin bo‘lganman

Assalomu alaykum! Men Rossiyaga kelin bo‘lib tushganman. Bu xonadonda harom bo‘lgan go‘sht va cho‘chqa eyiladi. Jufti halolimga buni gunoh ekanligini aytdim, ular buni avallari bilsalarda amal qilmaganlar. Hozir Allohga shukur amal qilmoqdalar, lekin boshqalar eyishadi va spirtli ichimliklar ichishadi. Ularga bilan bir dasturxonda o‘tirsam ularni gunohiga sherik bo‘lmayapmanmi? Javobingiz uchun avvaldan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Siz ularni ham to‘g‘ri yo‘l topishlariga harakat qiling. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:19 | Savol-javoblar | 178 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar