Sodir etilgan jinoyatda gumoni bo‘lsa

Sizdan bir masalada javobingizni kutib qolaman. Biror jinoyat (masalan uyda o‘g‘irlik jinoyati) sodir etilganda militsiya xodimlari kelib turli ekspertizalar o‘tkazadilar, hamda uy egalarini so‘roq-javob qilib, “mazkur jinoyatda biror shaxsni gumon qilasiz-mi, dushmanlaringiz bor-mi?” deb so‘raydilar? Uy egasi biror kishini (qalbida, hayolida) bu sodir etilgan jinoyatda yomon gumon qilishi mumkin. Lekin, Alloxning kitobi "Qur’oni Karim"da "badgumonlik" qoralanganligini inobatga olib, shunday holatda uy egasi (musulmon odam) boshqa shaxsga (musulmon yoki g‘ayridinga) nisbatan bo‘lgan badgumoni borligi yoki o‘zaro dushmanlik holatida ekanligi to‘g‘risida militsiya xodimlariga aytishi to‘g‘ri bo‘ladi-mi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Aniq hujjati bo‘lsa, aytadi.

26 May 2022, 17:26 | Savol-javoblar | 133 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar