Ayol kishining ochiq-sochiq yurishi

Assalomu alaykum! Ayol kishi kerakli darajada o‘ranib yurishga xarakat qilmasa, nasihatlardan jahli chiqsa, beparvo bo‘lsa va ochiq-sochiq yurishga odatlanib qolgan bo‘lsa, bu uning aka-ukalari, turmush o‘rtog‘i va otasining gunohkor bo‘lib, jannatga kirmay qolishiga sabab bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Albatta bo‘ladi. Chunki ular Alloh taoloning “Tahrim” surasidagi:  يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا قُوا أَنفُسَكُمْ وَأَهْلِيكُمْ نَارًا وَقُودُهَا النَّاسُ وَالْحِجَارَةُ عَلَيْهَا مَلَائِكَةٌ غِلَاظٌ شِدَادٌ لَا يَعْصُونَ اللَّهَ مَا أَمَرَهُمْ وَيَفْعَلُونَ مَا يُؤْمَرُونَ۝ 6. Ey iymon keltirganlar! O‘zingizni va ahlu ayolingizni yoqilg‘isi odamlaru toshdan bo‘lgan olovdan saqlang. Uning tepasida qo‘pol, darg‘azab farishtalar bo‘lib, ular Allohning amriga isyon qilmaslar va nimaga buyurilsalar, shuni qilurlar” degan oyatiga amal qilinmagan bo‘ladi. Agar kerakligicha nasihat va tadbiri qilinsayu shunda ham ayol o‘z bilganidan qolmasa erkaklardan javobgarlik soqit bo‘ladi. Ikki payg‘ambar Lut va Nuh alayhimassalomlarning ayollari shunday bo‘lishgan. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 00:21 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar