Ismimni o‘zgartiraymi?

Assalomu alaykum! Mening ismim Ilg‘orbek, “qiyomat kunida hamma o‘z ismi bilan chaqiriladi” deb eshitdim. Mening ismim shariatga xilof emasmi? Shu ismim bilan yurganim ma’qulmi yoki o‘zgartiraymi? Ismim o‘zimga uncha yoqmaydi. Ba’zida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga havas qilib ismimni Muhammad deb o‘zgartirgim keladi. Ammo bu ismga dog‘ tushirishdan qo‘rqaman. Ilg‘orbek ismimni o‘zgartiraymi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatga xilof emas. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:33 | Savol-javoblar | 137 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar