Sevgi haqida

Assalomu alaykum! Sevgi-muhabbat haqida o‘zi bormi? Hozirgi kunda yoshlarimiz orasida asosiy mavzu bu sevgi. Kinolarimizning qariyb 90% sevgi-muhabbat haqida. Qo‘shiqlarni esa aytmasa ham bo‘ladi. Ayanchlisi, bir biriga etisha olmagan(sevishgan)lar o‘zlarini o‘ldirish, osib qo‘yish darajasigacha borishmoqda (bunga o‘zim guvohman). Iltimos shu masalani yoritib bersangizlar. Erkak va ayol o‘rtasidagi sevgi-muhabbat haqida muqaddas dinimiz nima deydi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shariatimizda to‘ydan keyin sevgi muhabbat bo‘ladi, lekin to‘ydan oldin hozirgi kunimizda yoshlar orasidagi sevgi-muhabbat munosabatlari qattiq qoralanadi. Ushbu munosabatlar shariatga muvofiq bo‘lmagani uchun ham unday oilalar uzoqqa cho‘zilgani ham yo‘q, baraka topgani ham yo‘q. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 07:17 | Savol-javoblar | 175 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar