Nikoh tushib qoladimi?
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar. Yoshlik paytimda "yigit va qizning ahd paymoni tufayli ularning ortasiga nikoh tushib qoladi" degan gapni o‘qigan edim. Va shunga ishonib sevgan qizim bilan ko‘rishishimizni zinodan holis qilish uchun unga osmon, yulduzlar, joy va bazi narsalar guvoh deb nikohimga oldim deganman. U ham roziman degan. Va bizlar buni nokohligiga ishonganmiz. Oradan vaqt o‘tib juda qattiq fitna tufayli 3 taloqsan deganman(orada hatto sovchilik ham bo‘lmagan edi). Ammo sevgi kuchlilik qilib ajrashib keta olmadik. Ancha bu holatga javob qidirib "nikohinglar haqiqiy bo‘lmagan insonlardan guvohlar bo‘lmagan, nikohni kamida 3 kishiga elon qilish to‘g‘risida hadis bor. Taloq ham haqiqiy emas. Bu ilmsizlikni kelgusiga tasiri yo‘q" degan javobni oldik. Va bu narsani unutdik. Inshaalloh yaqin orada shu qizga uylanishni niyat qildim. Bu voqeaga shariatning hukmi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Taloq qilayotgan vaqtda “Senga uylansam ham taloqsan” degan kabi so‘zlarni aytganmisiz yoki yo‘q? Oralaringda nikoh bo‘lmagani aniq. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:22 | Savol-javoblar | 155 | Oila va turmush