Ipoteka orqali uy sotish

Assalamu alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! Alloh sizdan rozi bo‘lsin. Hazrat izlash tugmasi orqali ipotekaga uy sotishni topa olmadim. Hazrat 2 xonali uyimni sotishga qo‘yganman. Men bilan ishlaydigan beva ayol “Ijaraga turishga qiynalmoqdaman, ipoteka orqali kredit olayapman. Shunga kredit beruvchi, “avval uy toping keyin beramiz” deb aytdi. Agar rozi bo‘lsangiz, men sizni uyingizni ipoteka krediti orqali olay, boshqa ishonchili va ipoteka orqali sotuvchi topolmadim” deb aytdi. Uning aytishicha, bank kredit oluvchining plastik kartochkasiga pul tashlab beradi, oluvchi pulni foiz hisobiga naqd qilib menga sotuvga qancha naqdga qo‘ygan bo‘lsam shu pulni beradi. Men esa unga “ribodan saqlanaman, imom domlalardan so‘ray, sotsangiz bo‘ladi desa sotaman, bo‘lmasam uzr” deb aytdim. U “sizga nima farqi bor, siz sotishga qo‘ygan summangizni olasiz, xech qanaqa foiz to‘lamaysizku” deb aytdi. Men o‘z uyimni ipoteka keditiga olingan pulga sotsam bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ribo muomalasidagi odam bilan oldi-sotdi qilgan bo‘lasiz. Bunday muomala ikki musulmon orasida bo‘lishi mumkin emas.

29 Aprel 2022, 06:08 | Savol-javoblar | 172 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar