Namozim hisobmasmi?

Assalomu alaykum! Bomdot vaqti tez-tez uxlab qolyapman. Hali endi o‘rgandim namozni, qazosini ham o‘qiyolmay qolyapman. 1yoshlik o‘g‘ilcham bor hali bomdod bilan xuftonni o‘qishni o‘rgandim. Qazosini o‘qimasam gunohmi? 2 vaqt namozni o‘qisam vojibmi? 5vaqt namoz o‘qimagunimcha namozim hisob emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Namoz ham muborak bo‘lsin, o‘g‘ilcha ham muborak bo‘lsin. O‘qiganingizga savob, o‘qimaganingizga gunoh olasiz. Shunchalik ne’matlarga ko‘mib qo‘yilgan bo‘laturib namozni qoldirsangiz nonko‘rlik bo‘lib qoladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:50 | Savol-javoblar | 152 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar